“AQSh Prezidenti Donbassni Ukrainaga qaytarish ustuvor vazifa emasligini aytib, Rossiya bu hududning muhim qismini allaqachon nazorat qilayotganini ta'kidladi”, deyiladi nashr xabarida.
Gazetaning yozishicha, Tramp Zelenskiyga Tomahawk raketalarini yaqin orada kutmasligi kerakligini ham aytgan. Nashrning yozishicha, Oq uy rahbari ochiqchasiga gapirgan va ba'zida hafsalasi pir bo'lgan. Qaysidir lahzada u hatto Ukraina tomoni olib kelgan jangovar xaritalarga qarashdan ham bosh tortgan.
Amerika Prezidenti o'tgan hafta Vashingtonda Zelenskiy bilan uchrashdi. Axiosning qayd etishicha, muzokaralar keskin ruhda o'tgan va Amerika etakchisi o'zini qattiqqo'l tarzda tutgan. Bir manbaning aytishicha, uchrashuv “yomon o'tgan”. Zelenskiy matbuot anjumanini Oq uy tashqarisida o'tkazishga majbur bo'ldi.
Muzokaralardan bir kun oldin Vladimir Putin AQSh Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi. Tomonlar Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishdi. Suhbatdan so'ng Oq uy rahbari Budapeshtda hamkasbi bilan uchrashish rejasini ma'lum qildi.
Putin bilan suhbatdan so'ng Tramp Kievga Tomahawk raketalarini yetkazib berish bo'yicha ehtimoliy qarorni izohlar ekan, ko'p sonli raketalarga ega bo'lishiga qaramay, Vashingtonning o'zi ham ularga muhtoj ekanini aytdi, deb xabar berdi ria.ru.