Dunyodagi koʻpchilik xakerlar xitoy tilida soʻzlashadi, bu borada ikkinchi oʻrin rus, uchinchi oʻrin ispan va portugal tillariga tegishli, dedi “Laboratorii Kasperskogo” rahbari Yevgeniy Kasperskiy “RIA Novosti”ga.

- Malakali va malakasiz kiber jinoyatchilarning koʻpchilligi xitoy tilida soʻzlashadi. Ikkinchi oʻrinda rus tili, keyin qaysi til ekanini aytishim qiyin, ehtimol ispan-portugal tilidir, - dedi u Peturburg xalqaro iqtisodiy forumida.

Darvoqe, Kasperskiy taʼkidlashicha, “uchinchi oʻrin” deganda gap Ispaniya emas, balki Lotin Amerikasi haqida bormoqda.

Maʼlumki, qamoqqa olish, tergov bilan bogʻliq ishlar Ispaniyada emas, balki Lotin Amerikasida koʻproq kuzatiladi.

Mutaxassis fikricha, keyingi oʻrinlar turk va ingliz tillariga tegishli.