Xalq banki masʼul xodimi imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan

    U fuqarolarni ularning nomiga kredit ajratilishiga erishib, pulni oʻz ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

    Shofirkon tumani Joʻshoʻra mahallasida yashovchi, 1994-yilda tugʻilgan F.Sh. AT Xalq bankining Galaosiyo filialida 2017-yildan 2022-yil oktyabr oyiga qadar pensiya va nafaqa tarqatish boʻyicha buxgalter-nazoratchi lavozimida ishlab kelgan.

    U 2019-2022-yillar davomida AT “Xalq banki” Galaosiyo filialidan fuqarolar J.J., H.A., S.S. va N.Oʻ.larni aldab, ularning nomiga jami 61,7 mln soʻmlik kredit mablagʻlarini ajratilishiga erishib, kredit mablagʻlarini oʻz shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

    Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.