Mazkur uchrashuvda kinotexnika spetsifikatsiyasi bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqildi. endilikda ovoz yozish, operatorlik mahorati, montaj va shu kabi yo'nalishlar bo'yicha alohida guruhlar tuziladi va onlayn tarzda 1 hafta muddatda ishlashadi hamda o'zlarining innovatsion takliflarini yuborishadi.

“Danmon group” vakillari yangidan rekonstruktsiya qilingan “O'zbekfil`m” kinostudiyasi bilan tanishib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng zamonaviy va barcha qulayliklarga ega kinostudiya ekanligini ta'kidlashdi. endilikda agentlik bilan hamkorlik aloqalari bo'yicha loyihalar tuziladi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati