Xalqaro ekspertlar turizmning yangi tendensiyalari haqida soʼzlab beradi

    “Ipak yoʼlida turizm”-2022 Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi doirasida yirik forum boʼlib oʼtadi.

    Forumda “Xalqaro raqobat va brending”, “Madaniy meros va sanʼat”, “Ziyorat turizmi” va boshqa sektsiyalar tashkil qilinadi.

    Unda xorijiy mamlakatlardan kelgan taniqli maʼruzachilar, xususan, “BBC global news” tijorat xizmati rahbari Stanovkin Sergey Serafimovich, “O‘zbekiston” turizm brendining Buyuk Britaniyadagi elchisi Sofi Ibbotsonlar soʼzga chiqadi.

    Forum doirasida nafaqat mahalliy, balki xorijiy mashhur blogerlar, inflyuenserlar va jurnalistlarning ham chiqishlari kutilmoqda.