Unga koʻra, ziyorat turizmi sohasida kadrlar tayyorlash, bu yoʻnalishda xorijiy ekspertlar bilan uzviy munosabatlarni yoʻlga qoʻyish, ilmiy va maʼrifiy loyihalarni amalga oshirish, Qoʻmita mutaxassislari bilan birgalikda Akademiya talabalari ishtirokida ziyoratgohlar va turizm yoʻnalishlari boʻyicha qoʻllanma hamda xaritalar ishlab chiqish boʻyicha qator loyihalar amalga oshiriladi.

Shuningdek, hamkorlik asosida xalqaro elektron resurslar manbalari kontentini boyitish va ziyorat turizm yoʻnalishida baza yaratishga kelishib olindi.

Uchrashuv chogʻida Xalqaro islom akademiyasi tomonidan Oʻzbekistondagi 500 ga yaqin ziyoratgohlar toʻgʻrisidagi toʻplam nashr etilganligi maʼlum qilinib, Turizm qoʻmitasi tomonidan ushbu toʻplam turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari orasida targʻib qilinishida amaliy yordam berishga kelishildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.