Press-tur Uzbekistan Airways Sales filialida boshlandi va unda ishtirokchilar aviachiptalar sotuvi qanday amalga oshirilishi va bu jarayon bilan bog'liq qonun buzilishi holatlariga qarshi amalga oshirilayotgan qator chora-tadbirlar haqida kerakli ma'lumotlar bilan tanishdilar. Tashkil etilgan tadbirda aviakompaniya xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvning keyingi manzili Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida faoliyat yurituvchi aviakompaniya vakolatxonasi bo'ldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida joylashgan Uzbekistan Airways vakolatxonasi boshlig'i Ashraf Baxriyev ishtirokchilarni yo'lovchilar uchun yangi zal va ro'yxatga olish joylari bilan tanishtirdi. Shuningdek, vakolatxona vakillari aviareyslarda korrupsiya yomon illat ekanligi, ayniqsa o'sib kelayotgan yosh-avlodni “oson pul topish yo'li”ga kirib qolishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar doimiy tarzda o'tkazilib turilishini aytib o'tdi.

Kunning ikkinchi yarmida esa Uzbekistan Airways bosh ofisida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda aviakompaniya xodimlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas'ullari qatnashdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas'ul xodimi Obidjon Latipov “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni haqida to'xtaldi. Ushbu qonunni ustuvorligi va qonun buzgan shaxs jamiyatga faqat zarar yetkazishi haqida aytib o'tdi.

Yig'ilishda yo'lovchilar yoki aviakompaniya xodimlari korrupsiya holatlariga duch kelishganida:

–          Aviakompaniya korporativ sayti www.uzairways.com “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo'limida murojaatlarni qoldirish uchun tashkil etilgan maxsus sektsiya orqali;

–          anticorruption@uzairways.com elektron pochta orqali;

–          Toshkent shahar, A. Temur shoh ko'chasi, 41-uy, “Uzbekistan Airways” AJ, Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi orqali xabar berishlari mumkinligi ta'kidlab o'tildi.