“Xalqaro kulolchilik forumi va koʻrgazma-savdosini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi

    Biznes 24 Avgust 2021 771

    Sh.Mirziyoyev “Xalqaro kulolchilik forumi va koʻrgazma-savdosini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

    Hujjatga qoʻra:

    ➖ 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Xalqaro kulolchilik forumi va koʻrgazma-savdosini oʻtkazish belgilanmoqda;

    ➖ Forum Qoʻqon shahrida har ikki yilda bir marta sentyabr oyida oʻtkaziladigan Xalqaro hunarmandchilik festivali bilan uygʻun holda oʻtkaziladi. Dastlabki Forum Fargʻona viloyatining Rishton tumanida tashkil etiladi;

    ➖ Forum doirasida “Anʼanaviy kulolchilikni saqlash va uni rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya va boshqa tadbirlar tashkil etiladi;

    ➖ Forum hamda Oʻzbekiston Prezidenti qarorlari bilan tashkil etilgan boshqa xalqaro madaniy tadbirlar doirasida:

    2022-yil 1-martga qadar qadar Forum rasmiy veb-sayti ishga tushiriladi, jumladan unda hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa esdalik sovgʻalari realizatsiyasini tashkil etish imkoniyati yaratiladi;

    muzey doʻkonlari, esdalik sovgʻalari savdo tarmoqlarining vakillari va xalqaro xaridorlar, mashhur kolleksionerlar tadbirlarga taklif etiladi;

    xorijga olib chiqib ketish uchun badiiy ekspertizadan oʻtkazilishi talab etiladigan hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa esdalik sovgʻalari ular sotib olingan kunda tadbirlar oʻtkazilayotgan joyning oʻzida toʻlov undirilmasdan badiiy ekspertizadan oʻtkaziladi.