Uchrashuvda 9-iyulda muddatidan ilgari boʻlib oʻtgan Prezident saylovi jarayonlari qizgʻin muhokama etildi. Oʻz navbatida, Eva Ernst-Dzedzich mamlakatimizda Prezident saylovi muvaffaqiyatli oʻtganini qayd etib, ovoz berish kuni u Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi saylov uchastkalarida boʻlganini, saylovchilarning koʻpligini, ularning aksariyatini xotin-qizlar va yoshlar tashkil etganini alohida eʼtirof etdi.
D. Tashmuxamedova Eva Ernst-Dzedzichga Oʻzbekistonda Prezident saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirib, keyingi yillarda oʻzaro hurmat va doʻstlikka asoslangan Oʻzbekiston-Avstriya munosabatlari ijobiy dinamika namoyon etayotganini taʼkidladi.
Uchrashuvda tomonlar parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, taʼlim, iqtisodiyot, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalariga ham eʼtibor qaratdi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Xalqaro kuzatuvchi saylovchilarning aksariyatini xotin-qizlar va yoshlar tashkil etganini alohida eʼtirof etdi
Joriy yil 10-iyulda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari D. Tashmuxamedova Avstriya Parlamenti Milliy kengashi deputati, “Avstriya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo doʻstlik guruhi raisi Eva Ernst-Dzedzich bilan uchrashdi.
Oliy darajadagi uchrashuv natijalari ikki tomonlama hujjatlar bilan mustahkamlandi
- Toşkentda atmosfera inversiyasi yana 10 kun saqlanişi mumkin
- Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari keng qamrovli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar
- Dohada Özbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti ötkazildi
- Prezidentimiz Anqarada vatandoshlarimiz bilan suhbatlashdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Turkiyaga keldi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Misrga boruvchi o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar belgilandi
- Ustyurtda yangi quduqdan yuqori bosim ostida gaz olindi