Xalqaro madaniy forum butun mintaqadagi mahalliy va hukumat rahbarlarini birlashtirib, mintaqaviy muammolarni samarali hamkorlik orqali hal qilishga qaratilgan. Bundan tashqari, forumda mintaqaning barqaror rivojlanishi, oʻzaro madaniy aloqalar, pandemiya keltirib chiqargan tahdid, iqlim oʻzgarishi va boshqa muammolarni hal qilishda madaniy merosning oʻziga xos hissasi muhokama markazida boʻladi.
Qadim shahar xalqaro forumni yuksak darajada oʻtkazish maqsadida bayramona tus olgan. Shahar sahnalarida yangrayotgan milliy musiqa, ijro etilayotgan jozibador raqslar mehmonlar va sayyohlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlamoqda.
Roʻzimboy HASAN,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri