Bir necha yil davomida Qo‘mita va Euronews xalqaro auditoriyani O‘zbekistonning boy sayyohlik salohiyati va madaniy merosi to‘g‘risida xabardorlikni oshirish bo‘yicha bir qancha muvaffaqiyatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirdi.
Uchrashuvda hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, jumladan, «Euronews»ning turli platformalarida O‘zbekiston turizmini faol targ‘ib etish, O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari, madaniyati va an’analari haqida hikoya qiluvchi axborot kampaniyasini kengaytirish masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.