Mia Seppo Oʻzbekistonda 2030-yilga qadar qabul qilingan Strategiyada aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, norasmiy bandlikni bartaraf etish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish kabi muhim chora-tadbirlar aks ettirilganligini olqishladi.
Shu bilan birga Oʻzbekiston BMT Bosh kotibi tomonidan ilgari surilgan «Ish oʻrinlarini yaratish va ijtimoiy himoya global akseleratori» tashabbusini joriy etayotgan yoʻlboshchi davlatlardan biri ekanligini eʼtiborga olib, ushbu yoʻnalishda tegishli davlat tashkilotlarimiz bilan aniq loyihalarni joriy etishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.