XMT mehnatkashlar faoliyati boʻyicha byurosi direktori Mariya Xelena Andre bilan oʻtkazilgan muloqotda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalari muhokama etildi.
Shu bilan birga, XMT bilan hamkorlikda oʻquv dasturlarini yoʻlga qoʻyish orqali kasaba uyushmalari mutaxassislarining malaka va salohiyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekistonda tadbirkorlikning faol rivojlanishi, xususiy sektor ulushi ortib borishi va xalqaro brendlar tomonidan Oʻzbekiston bozoriga qiziqish kuchayishi munosabati bilan xususiy korxonalarda kasaba uyushmalari harakatini rivojlantirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.