Xalqaro reytinglarga kirgan OTMni tugatgan yosh kadrlarga qancha ustama beriladi?

    Yosh kadrlarga 12 million soʻmgacha, ilmiy daraja olganlarga esa 22,5 million soʻmgacha ustama beriladi.

    Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, xalqaro reytinglarga kirgan xorijiy OTMlarni tamomlagan yosh mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorida ustama toʻlanadi:

    — Reytingda 1-100-oʻrin: bakalavr — BHMning 30 barobari (9 mln. soʻm), magistratura — 40 barobari, (12 mln. soʻm), ilmiy daraja uchun — 75 barobari (22,5 mln. soʻm).

    — Reytingda 101-300-oʻrin: bakalavr — 20 barobari (6 mln. soʻm), magistratura 30 barobari (9 mln. soʻm), ilmiy daraja uchun — 60 barobari miqdorda (18 mln.soʻm).

    — Reytingda 301-500-oʻrin: bakalavr — 15 barobari (4,5 mln. soʻm), magistratura — 20 barobari (6 mln. soʻm) va ilmiy daraja uchun — 50 barobari miqdorida (15 mln. soʻm) ustama beriladi.