Tashrif avvalida xorijiy delegatsiya Notarial palata rahbariyati va Boshqaruv kengashi aʼzolari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda qisqa davr ichida Oʻzbekistonda notariat sohasi tubdan yangilanganligi, 1,5 yil ichida 99, 9 foiz notariuslar davlat notariusi maqomidan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar maqomiga oʻtganligi, notariat sohasini raqamlashtirish tobora takomillashib borayotganligi, oʻtkazilayotgan islohotlar tufayli notariuslarning aholiga huquqiy xizmat koʻrsatishi hamda aholiga har tomonlama qulayliklar yaratilgani haqida taqdimot oʻtkazildi.
XNIga aʼzo boʻlishdan maqsad — milliy notariat tizimini isloh qilish doirasida uni umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar hamda lotin notariat modelidagi davlatlarning ilgʻor tajribalarini qoʻllash choralari koʻriladi.
Xalqaro notariuslar ittifoqiga qoʻshilish orqali lotin notarial modelining xalqaro standartlari va ilgʻor tajribalarini implementatsiya qilish belgilangan.
Mehmonlar Xalqaro notariuslar ittifoqining faoliyati haqida maʼlumot berdi, shu bilan birgalikda, Oʻzbekiston notariatining ilk qadamlaridanoq muvaffaqiyatli amalga oshirgan qadamlari, buning natijasi oʻlaroq sohada islohotlar xalqaro maydonda rivojlangan davlatlar notarial palatalari bilan deyarli bir xil ketayotganligi eʼtirof etdi.