Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari bilan missiya yakuni bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

    Moliya 26 Iyul 2023 1411

    Markaziy bankda Xalqaro valyuta jamg‘armasining ekspertlari bilan texnik ko‘magi doirasida «O‘zbekiston tashqi sektor statistikasini takomillashtirish» missiyasi natijalari bo‘yicha yakuniy muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda texnik ko‘mak doirasida tashqi sektor statistikasini takomillashtirish bo‘yicha Markaziy bankning sa’y-harakatlari o‘zining ijobiy samarasini berayotganligi qayd etildi.

    Shuningdek, to‘lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi ko‘rsatkichlarini shakllantirishga oid yo‘nalishlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama etildi.

    Uchrashuvda xalqaro ekspertlarning taqdim etilgan tavsiyalari Markaziy bank faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanib, har ikki tomon tashqi sektor statistikasini takomillashtirish yo‘nalishida hamkorlikni davom ettirishini bildirdilar, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.