Ta’kidlanishicha:
- Istanbul, Dubay, Frankfurt, Seul kabi xalqaro aeroportlardan O‘zbekiston shaharlariga parvozlar hajmi keskin oshirildi.
- Istanbuldan Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro va Urganch aeroportlariga haftalik parvozlar chastotasi 14 tadan 64 taga;
- Dubaydan Toshkent, Farg‘ona va Samarqand xalqaro aeroportlariga haftalik parvozlar chastotasi 6 tadan 28 taga;
- Seul va Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlar 8 tadan 14 taga;
- Toshkentdan Frankfurt xalqaro aeroportiga parvozlar 1 tadan 4 taga oshirildi.
O‘zbekistonga keluvchi xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratish, ularga tanlash imkonini taqdim etish maqsadida “Uzbekistan airways” AJ Turkish airlines, Air Baltic, Malaysian airlines, Korean air, Lufthansa, Delta, China Southern airilines aviakompaniyalari bilan Interline va Code Share shartnomalarini imzolagan.