Ssenariy mualliflari Abdulatif Haydarov va Rustam Jabborov, rejissyor Abdulatif Haydarov, animator Dilshod Doʻstmuhammedov, kompozitor Toir Asqar, rassom Indira Tursimetova.
Mazkur multiplikatsiya buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida keltirilgan hikoya asosida boʻlib, qahramonlar shakl-shamoyili Sharq miniatyura sanʼati, xususan Kamoliddin Behzodning ijod namunalari asosida yaratilgan.
Premyeradan soʻng, bolajonlar uchun bayram tabriklari tashkil etildi, Navoiy ijodidan namunalar aytildi. Faol ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
Oldinda, 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan Kinochilar uyida “Yoʻlbarsning tugʻilishi” filmining namoyishlari oʻtkaziladi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati