Muloqot davomida Farg'ona viloyati va Turkiya, shu jumladan, Istanbul o'rtasida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, madaniy, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik aloqalarining mavjud holati tahlil qilindi, ularni rivojlantirish istiqbollari ko'rib chiqildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat rahbarlarining do'stona munosabatlari va siyosiy irodalari davlatlarimiz o'rtasida barcha sohalardagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqani hamda o'zaro hamkorlikning jadallashishiga omil bo'lgani alohida qayd etildi.

Farg'ona viloyati hamda Istanbul o'rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish uchun hali foydalanilmagan katta imkoniyatlar mavjud ekani ta'kidlanib, bu borada amaliy natijadorlikka erishish bo'yicha aniq rejalar belgilab olindi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.