Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida 4 ta qoʻshimcha savdo yoʻlaklari ochilishi mumkin

    Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtadagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish maqsadida 4 ta qoʻshimcha savdo yoʻlaklari ochilishi rejalashtirilmoqda.

    “Kazinform”xalqaro axborot agentligi maʼlumotiga koʻra, Jetisu viloyati tadbirkorlari bilan uchrashgan Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi Baxtiyor Ibragimov mazkur tashabbusning amalga oshirilishi haqida gapirdi.

    Bundan tashqari, diplomatik missiya rahbari Oʻzbekistonning iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini tavsiflab berdi. Xususan, Toshkent davlat chegaralaridagi nazorat-oʻtkazish punktlarini taʼmirlanmoqda. Uning soʻzlariga koʻra, bu tovar ayirboshlash hajmining oshishiga bevosita xizmat qiladi.

    “Kazinform” XAA, shuningdek, oʻtgan yili Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,2 milliard dollardan oshganini urgʻulagan.