Og'irligi 1200 kilogramm bo'lgan Queqiao-2 fazoviy kema diametri 4,2 metr bo'lgan parabolik antennaga ega bo'ladi. Sun'iy yo'ldosh sakkiz yildan ortiq vaqt davomida ish olib boradi.
Fazoviy kemani Oy orbitasida joylashtirish rejalashtirilgan bo'lib, uning parametrlari ham Yerdagi, ham Oyning sayyoramizdan ko'rinmaydigan tomonida joylashgan stansiyalar bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilish imkonini beradi.
Xitoy sun'iy yo'ldoshi “Queqiao-2” hozirda fazoda ish olib bormoqda, deb xabar beradi lenta.ru.