Xitoy javob tarzida AQSh mahsulotlariga savdo bojlarini joriy qildi.
Qayd etilganidek, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi qarori bilan AQShning ko'miri va suyultirilgan gaziga 15 foiz, neft va qishloq xo'jaligi texnikasiga 10 foizlik bojlar kiritiladi.
AQShning yangi ma'muriyati avvalroq Xitoydan keladigan tovarlarga 10 foizlik bojlar joriy etilishini e'lon qilgan edi. Kanada va Meksikaga qarshi shunga o'xshash choralar bekor qilingan bo'lsa-da, ular Xitoyga qarshi kuchini saqlab qoldi, deb xabar beradi 24.kg.