“Dunyo“ AAning xabar berishicha, mazkur reys bilan Xitoyning yetakchi “Guangzhou GZL” kompaniyasi koʻmagida shakllantirilgan va 30 dan ortiq mahalliy sayyohlarni oʻz ichiga olgan birinchi guruh Oʻzbekistonga joʻnab ketdi.
Xitoylik sayyohlar toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlar, joriy etilgan vizasiz rejim, Oʻzbekistonning boy madaniyati, tarixi va mehmondoʻstligi bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat yaratishini hamda Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarga sayohat qilishni yengillashtirishini taʼkidladilar.
Yangi ochilgan Guanchjou — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlar Oʻzbekiston-Xitoy hududlararo aloqalarini rivojlantirish, oʻzaro iqtisodiy, madaniy va turistik almashinuvlarni faollashtirishga xizmat qiladi.