Muloqot chogʻida Xitoy kompaniyasi vakiliga Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati va ikki davlat oʻrtasida mavjud savdo aloqalari haqidagi batafsil maʼlumotlar taqdim etilgani barobaridagi sayyohlik yoʻnalishida hamkorlik, yangi aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, turizm yoʻnalishida hamkorlikni chuqurlashtirish va Janubiy Xitoydan sayyohlar oqimini koʻpaytirishga xizmat qiladigan «Guanchjou-Toshkent-Guanchjou» va «Guanchjou-Samarqand-Guanchjou» yoʻnalishlarida havo qatnovlarini amalga oshirish taklifi bildirildi.

“China Southern Airlines” kompaniyasi bosh direktorining oʻrinbosari Siao Yong kompaniya hozirgi kunda «Urumchi-Toshkent-Urumchi» yoʻnalishida parvozlarni yoʻlga qoʻyganini hamda joriy yil yoz faslidan boshlab «Pekin-Toshkent-Pekin» aviaqatnovlarini amalga oshirish rejasi borligini maʼlum qildi.

«Kompaniyamiz Janubiy Xitoydan Oʻzbekistonga turistlar hajmi oshishi bilan «Guanchjou-Toshkent-Guanchjou» yoʻnalishida ham aviqatnovlarni yoʻlga qoʻyishni koʻrib chiqishga tayyor», dedi Siao Yong.

Muzokaralar yakunida “China Southern Airlines” kompaniyasi va Bosh konsulxona oʻrtasida doimiy muloqotni davom ettirish hamda Xitoy hududlari boʻylab Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan taqdimotlarni birgalikda oʻtkazishga ahdlashildi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.