Suv osti inshootida serverlar og'irligi taxminan 1433 tonna bo'lgan yopiq kapsula ichida joylashgan. Qurilishning birinchi bosqichi yakunlanganidan so'ng majmua o'z faoliyatini boshlagan bo'lib, sayyohlik ilovalaridan tortib, restoranlarni tavsiya qilish tizimlarigacha bo'lgan raqamli xizmatlarni taqdim etadi.

Sovitish uchun katta miqdorda energiya sarflaydigan an'anaviy ma'lumotlar markazlaridan farqli o'laroq, yangi kompleks dengiz suvini tabiiy sovitishdan foydalanadi. Har bir kapsula taxminan 35 metr chuqurlikka joylashtirilgan va 500 tagacha serverni sig'dira oladigan 24 ta server tokchasini o'z ichiga oladi.

Loyiha Xaynan erkin iqtisodiy zonasini rivojlantirishning asosiy elementiga aylandi, bu yerda dengizni tadqiq qilish, raqamli xizmatlar va “aqlli” ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash uchun 100 ta shunday suv osti ma'lumotlar markazlari tarmog'ini tashkil etish rejalashtirilgan, deb xabar berdi korrespondent.net.

Bundan tashqari, Xitoy Xaynan, Shanxay, Shenchjen va Pekindagi ma'lumotlar markazlari va telekom-kompaniyalarga to'liq xorijliklarning egalik qilishga ruxsat berdi. Tahlilchilarning ta'kidlashicha, bu ma'lumotlarni qayta ishlashga yangi xalqaro sarmoya kiritish uchun zamin yaratadi.