“2025-yil 19-avgust kuni Li Szyan-1 (Kinetica-1) raketasi yettita yangi sun'iy yo'ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi”, deyiladi xabarda.

Orbitaga chiqarilgan sun'iy yo'ldoshlar orasida masofadan zondlash va yuqori aniqlikdagi tasvirlash uchun sintetik apertura radar bilan jihozlangan Zhongke 05 sun'iy yo'ldoshi hamda kuzatuv uchun Tianyan-26 tijorat elektro-optik sun'iy yo'ldoshi bor.

Uchirish Gobi cho'lidagi Szyutsyuan kosmodromidan amalga oshirildi.

Bu Li TSzyan-1 raketasining sakkizinchi missiyasi va Yao-10 modifikatsiyasidan foydalangan holda birinchi uchirilishi edi, deb xabar berdi korrespondent.net.