Xitoy “Sivey-Gaotszin-20-3” va “Sivey-Gaotszin-20-4” optik kuzatuv sun'iy yo'ldoshlarini “Chanchjen-2-si” raketasida mamlakat shimoli-g'arbidagi Szyutsyuan kosmodromidan uchirdi.
Raketa Pekin vaqti bilan soat 07:39 da uchirildi, deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi. Sun'iy yo'ldoshlar allaqachon ma'lum bir orbitaga chiqarildi.
Xitoy televideniyesi uskunalarning ishga tushirilishi haqida batafsil ma'lumot bermayapti, faqat bu “Chanchjen” seriyali raketalar vositasidagi 547-parvoz ekanligini ta'kidlamoqda.
Ma'lumki, “Sivey-Gaotszin” sun'iy yo'ldoshlari Xitoyning Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasining sho'ba korxonasi bo'lgan China Siwei Survey and Mapping Technology tijorat kompaniyasiga tegishli. Uskunalar Yerni topografik suratga olish va xaritalash, ofatlarning oldini olish va oqibatlarini yumshatish hamda dengiz monitoringi uchun ishlatiladigan optik Yerni kuzatish ma'lumotlarini taqdim etadi, deb xabar beradi tass.ru.