Xitoy kompaniyasi Oʻzbekistonda elektromobillarni quvvatlash qurilmalari oʻrnatadi

    Energetika 21 Dekabr 2023 1105

    Xitoy kompaniyasi bilan Oʻzbekistonda elektromobillarni quvvatlash qurilmalari va texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.

    Joriy yil 15-16-dekabr kunlari Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti va Xitoy Xalq Respublikasining “Henan Suda” kompaniyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Unda Oʻzbekistonda elektromobillarni quvvatlash qurilmalari va texnologiyalarini qurish loyihasini amalga oshirish muhokama etildi.

    Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda energiya tejamkor texnologiyalar va elektromobillarni quvvatlash qurilmalari hamda texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik kelishuvi imzolandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.