Xitoy kompaniyasi Oʻzbekistonda shahar va transport infratuzilmasini qurishda ishtirok etadi

    Xalqaro hamkorlik 6 Mart 2023 1130

    Joriy yil 4-martda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir oʻrinbosari Oybek Xamrayev va China State Construction kompaniyasi direktori oʻrinbosari Syan Shangmou oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Maʼlumot uchun: CSCEC Construction and Engineering Corporation 1982-yilda tashkil etilgan boʻlib, dunyodagi eng yirik investitsiya va qurilish korporatsiyalari guruhi hisoblanadi va Xitoy hukumatiga bevosita boʻysunadi. 2021-yilda CSCEC

    shartnomalarining umumiy qiymati 450,5 milliard dollarga yetdi. Kompaniya Fortune jurnalining 2021-yildagi reytingi boʻyicha dunyoning 500 ta eng yirik kompaniyalari orasida 13-oʻrinni egalladi.

    Uchrashuvda Xitoy kompaniyasining Oʻzbekistonda shahar va transport infratuzilmasini qurish sohalarida loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish istiqbollari muhokama etildi.

    Xitoy tomoni ushbu yoʻnalishlarda innovatsion ishlanmalar va ilgʻor tajribalarni joriy etgan holda loyihalarni birgalikda amalga oshirishga qiziqishini bildirdi. Oʻz navbatida, Oʻzbekiston tomoni Xitoy kompaniyasining mamlakatimizdagi sarmoyaviy

    tashabbuslari va kelgusi faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

    Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish doirasida hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.