Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda yangi texnologik tibbiyot jihozlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

    «O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozori biz uchun muhim, kompaniyamiz farmatsevtika mahsulotlari va yangi texnologik tibbiyot jihozlarini hamkorlikda ishlab chiqarishni mamlakatingizda yo‘lga qo‘yish hamda bu orqali yangi bozorlarga chiqishdan manfaatdor» dedi Li Lichin.

    Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Xitoyning «Youdi Biotech Co. Ltd.» kompaniyasi o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.

    Uchrashuvda mamlakatimizda farmatsevtika sohasini rivojlantirish, xorijiy investorlar uchun yaratilgan biznes imkoniyatlar, tashkil etilgan farmatsevtika zonalari, soha taraqqiyoti uchun taqdim etilayotgan bojxona, soliq imtiyozlari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

    «Youdi Biotech Co. Ltd.» kompaniyasi rahbari Li Lichin o‘z chiqishida korxona faoliyati to‘g‘risida, shuningdek o‘zbekbistonlik sheriklar bilan hamkorlikda amalga oshirish mumkin bo‘lgan loyihalar haqida to‘xtaldi.

    «O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozori biz uchun muhim, kompaniyamiz farmatsevtika mahsulotlari va yangi texnologik tibbiyot jihozlarini hamkorlikda ishlab chiqarishni mamlakatingizda yo‘lga qo‘yish hamda bu orqali yangi bozorlarga chiqishdan manfaatdor» dedi Li Lichin.

    Muzokaralar natijasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va «Youdi Biotech Co. Ltd.» o‘rtasida hamkorlik kelishuvini imzolash va qo‘shma loyihalarni O‘zbekistonda amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.