Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasida Xitoyning “Beijing Wanjie Data Technologies LTD” korxonasi ijrochi direktori Vang Siaopen bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

“Beijing Wanjie Data Technologies LTD” katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash boʻyicha superkompyuterlar va bulutli texnologiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan  yirik korxona hisoblanadi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida raqamli texnologiyalardan foydalanishda hamkorlikni kuchaytirish, xususan, ularni respublikaning turli sohalarida qoʻllash imkoniyatlarini oʻrganish, bu yoʻnalishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.