Qayd etilishicha, rasadxona Sechan kosmodromidan Chanchjen-2C raketasi yordamida uchirilgan. 1,4 tonnalik zond kamida 5 yil xizmat qilishi kutilmoqda.
Eynshteyn xalqaro loyiha bo'lib, unda Xitoy Fanlar akademiyasidan tashqari Germaniyaning Maks Plank nomidagi Yerdan tashqari fizika instituti jamiyati va Fransiya koinot agentligi ishtirok etadi.
Zond rentgen diapazonidagi osmon jismlarini o'rganish uchun ikkita teleskop bilan jihozlangan. U koinotdagi rentgen nurlarini va qora tuynuklardan rentgen nurlanishini kuzatadi, ularning kelib chiqishi, evolyutsiyasi va xususiyatlari, o'ta yangi yulduzlar va elektromagnit to'lqinlarning kuzatilishi mumkin bo'lgan diapazonidagi boshqa energiya emissiyalari haqida yangi ma'lumotlarga ega bo'ladi, deb xabar beradi korrespondent.net.