Qirg'iziston prezidenti S.Japarov hozirda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilayotganini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, kuzgacha texnik-iqtisodiy asoslash ishlari yakunlansa, kelgusi yilda yo'l qurilishi boshlanadi. Temir yo'l 3-4 yil ichida qurib bitkaziladi.
Japarovning qayd etishicha, temir yo'l Qirg'izistonga yiliga $200 mln daromad keltirishi mumkin.
eslatib o'tamiz, temir yo'l qurilishi butun Markaziy Osiyo mintaqasining transport va tranzit salohiyatini oshiradi. Magistral Xitoy, Qirg'iziston va O'zbekistonni Kaspiy dengizi portlari va undan keyin Evropa bilan, kelajakda esa Transafg'on temir yo'li orqali Pokiston portlari bilan bog'lashi mumkin.