"Oʼzbekipaksanoat" uyushmasi tomonidan tashkil etilgan Maxsus guruh aʼzolari hamda Uyushma tarkibidagi pillani qayta ishlash korxonalari rahbarlari 2022 yil bahorgi mavsumda pilla yetishtirish uchun XXRdan Oʼzbekistonga import qilingan ipak qurti urugʼini Navoiy xalqaro aeroportida qabul qilib olishdi. 

Maʼlumot oʼrnida: Xitoydagi "Xuashen" va "Shandon" kompaniyalaridan yurtimizga 256 ming quti xorijiy ipak qurti urugʼi keltirildi.