Geologlar Pinszyan uyezdidagi Vangu koni ostidan, 2 ming metr chuqurlikda 300 tonna oltin zaxirasiga ega 40 dan ortiq oltin saqlovchi manbalarni topishdi.

3 ming metr chuqurlikda joylashgan obyektdagi qimmatbaho metallar zaxirasi qiymat jihatidan 1 ming tonnadan ortiq yoki 600 milliard yuanga (taxminan 83 milliard dollar) baholanmoqda.

Ruda qidiruvi bo'yicha mutaxassis Chen Julinning ma'lum qilishicha, ko'plab burg'ulangan toshlarda oltin topilgan. 2 ming metr chuqurlikdagi bir tonna rudada maksimal 138 gramm oltin bor.

Vangu konida rudani qidirishning yangi texnologiyalari, masalan, 3D geologik modellashtirishdan foydalanildi, deb xabar beradi report.az.