Yueyan ochiq universiteti va Yueyan shahri barbekyu assotsiatsiyasi shahar hukumati ko'magida mamlakatning birinchi kasb-hunar ta'limi platformasini yaratishga kelishib olishdi, deb xabar beradi report.az.
Bu haqda China Daily gazetasi xabar bermoqda.
Olovda ovqat tayyorlash Yueyananing umumiy ovqatlanish xizmatining muhim qismiga aylandi. Bu yerda 2000 dan ortiq barbekyu do'konlari mavjud bo'lib, ularda 50 ming kishi ishlaydi. Yillik ishlab chiqarish hajmi 2 milliard yuandan (280 million dollar) oshadi, deb yozadi gazeta.
Yueyan ochiq universiteti vitse-prezidenti Szyan Szunfuning aytishicha, barbekyu institutining tashkil etilishi mahalliy aholi, ayniqsa, yoshlar uchun bandlikni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Uning so'zlariga ko'ra, mehnat bozoriga kirib kelayotgan ko'plab maktab bitiruvchilari munosib imkoniyatlarni topishda qiynalmoqda. Barbekyu sohasi unda ish boshlash uchun to'siqlarning kamligi va nisbatan yuqori daromad topish imkoniyatlari tufayli mashhur bo'ldi, deya qo'shimcha qildi u.