Kompaniya muhandislari 242 metr balandlikka oʻrnatiladigan 118 metrli parraklarga ega shamol generatori loyihasini ishlab chiqishdi. Uning quvvati 16 MVt. Generator yiliga 80 GVt-soat energiya ishlab chiqara oladi.
Komaniyaning qayd etishicha, shamol generatorining xomaki nusxasi 2022-yilning oxiriga qadar tayyor boʻladi. 2024-yildan boshlab mazkur modelni sotish yoʻlga qoʻyiladi.
Tahlilchilarning taʼkidlashicha, shamol generatorlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish koʻrsatkichi oshsa, 2050-yilga kelib ular tomonidan ishlab chiqariladigan energiya narxi 37-49 foizga qadar pasayishi mumkin.