Xabarda aytilishicha, ikki kishi hayotdan ko'z yumgan, uch kishi bedarak yo'qolgan. Ikki kishi qutqarildi. Ma'lumotlarga ko'ra, ko'prik oraliqlarining qulab tushishi oqibatida beshta avtomobil zarar ko'rgan. Ulardan ikkitasi suvga, uchtasi esa yuk kemasiga tushib ketgan.
Avvalroq Panpay axborot resursi mahalliy hokimiyat organlariga tayanib, suvga tushib ketgan avtomobillar orasida ichida faqat haydovchisi bor yo'lovchi avtobusi ham bo'lgani haqida xabar bergan edi. OAVda ko'prikdan yuk mashinasi ham tushib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Favqulodda holat mahalliy vaqt bilan soat 05:30 da Nansha shaharchasida sodir bo'lgan. Noma'lum sababga ko'ra konteyner tashuvchi kema avtomobil ko'prigining tayanchlaridan biriga borib urilgan, oqibatda uning oraliqlaridan biri qulab tushgan, deb xabar beradi tass.ru.