Mintaqada bir necha kun davomida yomg'ir to'xtamadi. Qishloqlar, gektarlab ekin maydonlari suv ostida qoldi.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun jabrlangan hududlarga harbiylar va politsiya xodimlari yuborildi.
Pekin-Koulun temir yo'l ko'prigi ostidagi to'g'onni zudlik bilan ta'mirlashga mingdan ortiq kishi jalb qilindi. Yuzaga kelgan tuynuk bilan bog'liq muammo bartraf etildi. Hozirda poyezdlar muammosiz harakatlanmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.