Parranda grippi bilan kasallangan erkakning yoshi 55da. Tana harorati koʻtarilishi tufayli shifoxonaga olib kelingan bemorda bir necha kun oʻtib, H5N6 virusi aniqlangan.

Kasalliklar nazorati va profilaktikasi boʻyicha mahalliy ekspertlarning aytishicha, gap H5N6ning parrandadan odamga yuqishi haqida ketmoqda. Virusning odamdan odamga yuqishi bilan bogʻliq holat hali kuzatilmagan. Kasallikning keng tarqalishi ehtimoli ham juda kam.

Eslatib oʻtamiz, odamning parranda grippining boshqa turi — H10N3 bilan kasallanishi bilan bogʻliq dunyo boʻyicha ilk holat 1-iyun kuni Xitoyda qayd etilgan edi.