Xitoyda yo'llarni sakkiz yil davomida muzdan himoya qiladigan tuzli aralashma ishlab chiqildi

    Xitoyda Xeybey universiteti olimlari xlorid asosidagi tuz o'rniga atsetatga asoslangan tuzning yangi turini ishlab chiqishdi.

    Xlorid tabatda ko'p uchrasa-da atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Yaqin vaqtlargacha yo'llardagi muzlamalarni bartaraf etishda uning o'rnini bosa oladigan muqobil variant yo'q edi. Bu esa, o'z navbatida, transport vositalari va piyodalarga bir qator muammolarni yuzaga keltirardi.

    Atsetatli tuzning xloridga nisbatan uchta ustun jiati mavjud. Birinchidan, muzlamalar haroratini tushiradi. Ikkinchidan, boshqa moddalarga ta'siri kamroq, korroziyani yuzaga keltirmaydi. Uchinchidan, xitoylik kimyogarlar yuvilib ketmaydigan, uzoq vaqt davomida foydalanish imkonini beradigan tuz ishlab chiqishga muvaffaq bo'lishdi.

    Uning o'ziga xosligi shundaki, mazkur tuz asfaltda mineral qo'shimchalarning o'rnini bosib, uning tarkibiy qismiga aylanadi, uni sepishga xojat qoldirmaydi. Buning uchun tuzga biokarbonat natiriy, kremniy dioksidi va domen shlaki aralashtirildi. Tayyor bo'lgan kukun polimer bilan ishlov berildi hamda kapsulalar to'plami hosil qilinib, asfalt aralashmasiga sepildi.

    Asfalt qatlamidagi kapsulalar 7-8 yil davomida faol moddalarni ajratib tura oladi. Mazkur material 0ºC dan -21ºC gacha bo'lgan muzlama haroratini tezda tushira oladi. Uncha sovuq bo'lmagan paytlarda u umuman hosil bo'lmaydi. Barcha namlik suvga aylanib, drenaj tizimiga oqadi hamda yo'llarning tozaligini saqlab qoladi, deb xabar beradi techcult.ru.