Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari tobora koʻproq import qilinadigan muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarida aniqlangan koronavirus, shuningdek 2019-yil dekabrgacha Xitoy tashqarisida aniqlangan Covid-19 holatlari toʻgʻrisida xabarlarni koʻpaytirmoqda.

Bir nechta Xitoy ommaviy axborot vositalari zudlik bilan Covid-19 Xitoyga har kuni kirib keladigan Rossiya temir yoʻl yuklari bilan kirganligi haqida xabar berishdi. Xitoy Kommunistik partiyasining rasmiy organi oʻzining Facebook sahifasida «ularning soʻzlariga koʻra koronavirus avval Xitoyning Uxan shahrida paydo boʻlmagan» deb eʼlon qildi.

«Uhan koronavirus birinchi marta aniqlangan joy edi, ammo virus paydo boʻlgan joy emas. Virus birinchi marta qayerda aniqlanganligini va u tur toʻsigʻini yengib, odamlarga yuqtirishni boshlaganini farqlash juda muhimdir», – dedi Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining sobiq yetakchi epidemiologi Zeng Guang

Chjao Lijian matbuot brifingi paytida «garchi Xitoy bu haqida birinchi boʻlib xabar bergan boʻlsada, bu virus Xitoyda paydo boʻlgan degani emas. Virusning kelib chiqishini aniqlash boshqa mamlakatlar va mintaqalar ishtirok etishi mumkin boʻlgan doimiy jarayondir».

Xitoylik olimlar hattoki yetakchi tibbiyot jurnalida nashr etilishi uchun Lanset jurnalida “Sars-CoV-2 ning odamdan odamga birinchi yuqishi sodir boʻlgan joyda Uxan yoʻq” degan daʼvo bilan maqolani taqdim etishdi. Bundan tashqari, unda birinchi yuqtirish holati Hindistonda sodir boʻlishi mumkinligi aytilgan.

Biroq, Gʻarb olimlari virusning Xitoydan tashqarida paydo boʻlishi ehtimoldan yiroq emas deb hisoblashadi. JSST mutaxassisi Maykl Rayan virus Xitoydan kelmagan deb daʼvo qilish «juda spekulyativ» boʻlishini taʼkidladi.

“Aholining sogʻligʻi nuqtayi nazaridan tergovni virusning birinchi holatlari aniqlangan joydan boshlash kerakligi aniq”, dedi u Jenevadagi matbuot brifingida.

manba: aniq.uz

Koronavirusning izlari chindan ham muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarida topilgan boʻlsada, olimlar bunday holatlarda yuqtirish xavfi juda past, chunki kasallik asosan havodagi tomchilar orqali yuqadi. Guardian yozishicha, pandemiya natijasida yetkazilgan zarar koʻpayib borayotganligi sababli, Pekin oʻz obroʻsini ham himoya qilmoqchi.

Dunyo boʻylab 60 milliondan ortiq odam Covid-19 bilan kasallangan, ularning 1,5 millioni vafot etgan. Mutaxassislarning fikriga koʻra, Xitoyning yuqori lavozimli rasmiylari virus Xitoyda paydo boʻlganligini bilishadi va pandemiyaning boshqa kelib chiqishi joylari haqidagi xabarlarni targʻibot kampaniyasi deb hisoblash mumkin.

Agar Xitoy mustaqil tekshiruvni qoʻllab-quvvatlasa, yana-da foydali boʻlar edi, ammo Xitoy hukumati bunga bir necha bor toʻsqinlik qilib kelgan. Masalan, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 2021-yil boshida Uxanga tashrif buyurgan rasmiylariga, hatto Covid-19 epidemiyasi bilan bogʻliq deb ishonilgan oziq-ovqat bozoriga ham kirishga ruxsat berilmagan.

Mutaxassislar kelajakdagi pandemiyalarni oldini olish uchun Covid-19ning kelib chiqishini tushunish juda muhim ekanligiga aminlar. Afsuski, hozirgi paytda Pekin qayerdan kelgani emas, balki pandemiya uchun kim aybdor ekanligi haqida koʻproq tashvishlanmoqda.