Tabiiyki, oila-aʼzolari ham unga hamrohlik qilib yurtimizga kelishgan. Xan Jianmin va Ki Xongyuan 2020-yilning yoz oyida farzandli boʻldilar. Lekin, yangi mehmonning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini olishda qiyinchiliklarga duch keldi.
-Oʻzbek xalqining mehmondoʻst, tantiligiga yana bir karra amin boʻldim. Farzandim dunyoga kelganda turli yumushlar bilan andarmon boʻlib, unga tugʻilganlik haqida guvohnoma olishni yoddan chiqaribmiz. Oradan vaqt oʻtib Uychi tuman FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan edik, bizga koʻpdan-koʻp yordam berishdi. Chet el fuqarosi boʻlganimiz bois, hujjatlari legalizatsiya yoki apostol qilinishi kerak edi. Shularni bajarishda bizga amaliy koʻmak berishganidan mamnunmiz deydi, xitoylik Xan Jianmin.
Namangan viloyati perinatal markazida tugʻilgan chaqaloqning tugʻilganlik guvohnomasi oradan 6 oy oʻtib, Uychi tuman FHDYO boʻlimida qayd etildi.