Xitoyning “Air China” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

    Transport 2 Iyul 2025 1755

    Maʼlumotlarga koʻra, parvozlar Boeing-737-800/8 (MAX) va Airbus-330-300/200 havo kemalarida amalga oshiriladi.

    Qayd etilishicha, “Oʻzaviatsiya“ agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitimga asosan 1994-yil 19-aprelida “Air China” aviakompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasiga Pekin-Toshkent-Pekin va Urumchi-Toshkent-Urumchi yoʻnalishlarida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish Foydalanish ruxsatnomasi rasmiylashtirdi.

    Maʼlumot uchun, aviakompaniya Pekin – Toshkent – Pekin va Urumchi – Toshkent – Urumchi yoʻnalishlarida muntazam aviaqatnovlarni Boeing-737-800/8 (MAX) va Airbus-330-300/200 havo kemalarida amalga oshiradi.