2025-yil 8-10-avgust kunlari Xivada “Qovun sayli” festivali boʻlib oʻtdi. Tadbir “Ichan qalʼa” tarixiy majmuasi va “Arda Xiva” zamonaviy sayyohlik markazidek noyob joylarda oʻtkazildi.
2024-yilda festivalni 500 mingdan ortiq mehmon, jumladan mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan boʻlsa, 2025-yilda mehmonlarning umumiy soni 1 milliondan oshdi, ularning 300 mingga yaqini xorijiy sayyohlar edi.
Festivalning barcha kunlari yulduzlarning yorqin chiqishlari hamda mahorat darslari, koʻrgazmalar va tanlovlarni oʻz ichiga olgan boy koʻngilochar dastur bilan oʻtkazildi.
Tadbirga tashrifmashhur xonanda va sanʼantkorlar JONY, DJ Meaghan, Mustafo Jejeli, Hamdam Sobirov, Gʻulomjon Yoqubov, Gulsanam Mamazoitova bor edi. Tantanali yopilish marosimi davomida esa Roza Zergerli oʻz chiqishi bilan mehmonlarga zavq bagʻishladi.
Festivalning 19 ta stendida Xorazm viloyati tumanlari, yetakchi fermer xoʻjaliklari va boshqa ishtirokchilar oʻnlab qovun navlarini, shuningdek, viloyatning mahsulotlari, texnologiyalari va yutuqlarini namoyish etdilar.
Mehmonlar turli xil qovunlardan tatib koʻrish, ishlab chiqaruvchilar bilan suhbatlashish va Xorazmning qishloq xoʻjaligi anʼanalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldi.
Festivalning yakuniy qismi sifatida oʻtkazilgan eng yaxshi ishtirokchilarni taqdirlash tantanali marosimida Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Rahimov, Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari hamda voqeani yoritgan yetakchi mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari jurnalistlari ishtirok etdilar. Festival gʻoliblari eʼlon qilindi: uchinchi oʻrinni 15 ta tashkilot, ikkinchi oʻrinni Yangibozor tumani va “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati, birinchi oʻrinni Xiva shahri egalladi, bosh sovrin esa Urganch shahriga nasib etdi.
“Qovun sayli” festivali Xorazm viloyatining yuqori sayyohlik salohiyatini yana bir bor tasdiqladi va agroturizmni rivojlantirish hamda mintaqaning zamonaviy va mehmondoʻst sayyohlik maskani sifatidagi obroʻsini mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.