Xiva shahrida sodir bo‘lgan yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda

    Xiva shahrida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berildi.

    Ta’kidlanishicha, Xiva shahridagi "Xiva Universal kiyim-kechak bozori" hududida sodir bo‘lgan yong‘in soat 19:25 da o‘rab olinib, soat 20:10 da bartaraf etildi.

    Yong‘in natijasida taxminan 1000 kv.m maydonda konteyner va yengil tipdagi savdo rastalari yonib zararlangan.

    Yong‘inni bartaraf etishga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 9 ta suv tashishga mo‘ljallangan avtomobillar jalb etilgan.

    Yong‘in oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jarohatini olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmadi.

    Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.