Qarorga muvofiq, ushbu shaharchaning arxitektura va meʼmoriy qiyofasi hamda muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasini yanada yaxshilash, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va obodonlashtirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Taʼkidlash kerakki, Xoʻja Ismoil shaharchasini kompleks rivojlantirish, jumladan, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash va ijtimoiy soha obyektlarini qurish va atrofini obodonlashtirish boʻyicha dastlabki loyiha konsepsiyasi ishlab chiqilib, shaharchaning bosh rejasi tasdiqlangan.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida 2024-2025-yillarda majmuani aylanib oʻtuvchi 4K505 avtomobil yoʻlining 5,5-7 kilometr qismini rekonstruksiya qilish, Pong va Xoʻja Ismoil qishloqlarini bogʻlovchi uzunligi 2,2 kilometr masofada yoʻl qurilishi hamda 2 ta yangi koʻprik qurish rejalashtirilgan.
Elektr energiyasini yaxshilash maqsadida Xartang, Pong, Boʻyrachi, Yangihayot, Noʻgʻoy ota qishloqlarida 2 ta yangi transformator punktlarini oʻrnatish, eski simyogʻochlarni yangilash hamda 19,2 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlarini tortish, shaharcha aholisini tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida Xartang, Pong, Boʻyrachi va Yangihayot qishloqlaridagi xonadonlarga umumiy uzunligi 14 kilometr boʻlgan turli xil hajmdagi gaz quvurlarni tortish belgilangan.
Shuningdek, shaharcha hududidagi qishloqlar aholisini toza ichimlik suvi hamda oqava suv tarmoqlari bilan taʼminlash maqsadida 5 ta inshoot va 70,9 kilometr tarmoq qurish. telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada yaxshilash maqsadida xonadonlarga hamda unga tutash hududlarga uzunligi 4,7 kilometr boʻlgan aloqa tarmogʻi tortiladi.
Qarorga koʻra, 2025-yil oxirigacha Xoʻja Ismoil shaharchasi hududidagi 30-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha 25 oʻrinli bino, 200 oʻrinli madaniyat markazi, yangi mahalla markazi binosini qurish ham belgilangan.
Bundan tashqari, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi hududida 2 ta yangi zamonaviy avtoturargoh hamda yodgorlik majmuasi uchun yordamchi va qoʻshimcha binolar barpo etiladi.