Adliya vazirligi tomonidan holat boʻyicha, qonunchilikda belgilangan tartibda “R.R.S.” MCHJga tegishli boʻlgan “N.” radiokanalida tekshiruv oʻtkazilgan va tekshiruv davomida X. Todjiboyevning xajviyalari muallifning merosxoʻri boʻlgan I.Todjiboyevaning ruxsatisiz “N.” radio efirlarida eshittirilgani aniqlangan.
Ushbu holat boʻyicha “R.R.S.” MCHJga qonun hujjatlari buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilib, huquqbuzarlik bartaraf etildi.
Mualliflik huquqi obyektlaridan muallif (uning vorisi) yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnoma asosida foydalanilishi lozim.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mualliflik huquqi muallifning vafotidan soʻng asar eʼlon qilinganidan keyin yetmish yil davomida huquqiy himoyaga ega boʻladi.