Quduqlarda kapital taʼmirlash ishlarini bajarish barobarida, yangi quduqlar burgʻilanib, tugatilgan quduqlar majmuasida turganlari esa murakkab taʼmirlash ishlari olib borilgandan keyin ishga qoʻshilmoqda.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Xodjikazgan” konining 51-sonli quduqida olib borilgan kapital taʼmirlash ishlari ham muvaffaqiyatli yakunlandi. “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ mutaxassislari tomonidan olib borilgan kapital taʼmirlashdan soʻng, quduq ishga tushirildi.

Ushbu quduqda 1905-1900 va 1888-1800 metr oraligʻlarida perforatsiya ishlari olib borildi, oʻzlashtirish natijasida quduqdan oʻrtacha kunlik 150 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Maʼlumot uchun: “Xojikazgan” gazkondensat koni Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida joylashgan boʻlib, 2006-yilda ishga tushirilgan.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati