IKEA kompaniyasi xonaning tozalik darajasini aniqlaydigan “aqlli” hisoblagichni ishlab chiqardi. Bu allergiya bilan kasallanganlar uchun allergenlarni aniqlash imkonini beradi.

Vindstyrka alohida holatda ishlatilishi mumkin. Biroq u IKEA Dirigera “aqlli” uyida yaxshi uyg'unlik hosil qiladi. Foydalanuvchi unga bog'langan holda maxsus ilova vositasida xonaning sifatini nazorat qilishi hamda  uzoqdan turib, Starkving havo tozalagichini ishga tushirishi mumkin, deyiladi techcult.ru saytida.